11:44 / 11.06.2021
15167

Tramp Baydendan Putin bilan uchrashuvda mudrab qolmaslikni iltimos qildi

AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp amaldagi prezident Jo Baydendan rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan Jyenevadagi uchrashuv vaqtida «mudrab qolmaslikni» va Putinga «salomini yetkazib qo‘yishni» iltimos qildi.

 «Baydenga prezident Putin bilan suhbatda omad tilayman – uchrashuv vaqtida mudrab qolma va iltimos, unga iliq tilaklarimni yetkazib qo‘y!» deb murojaat qilgan Tramp Baydenga.

Tramp 2020 yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida raqibi Jo Baydenni toliqqan va uyqusiragan ko‘rinishda qayd qilingan videoroliklar sababli «uyquchi Jo» deb atagan.

Sobiq prezidentning ta'kidlashicha, OAVning fikriga qaramasdan, 2018 yil Xelsinkida Putin bilan o‘tgan uchrashuvidan AQSh «ko‘p narsa yutgan, jumladan, Putin va Rossiya hurmatini qozongan».

Putin va Baydenning ilk uchrashuvi 16 iyunda Jyenevadagi La Granj villasida bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Jyeneva aholisiga ishxonaga bormaslik va uylaridan ishlash tavsiya qilingan. Shuningdek, fuqarolarga sammit o‘tadigan joy yaqinida dronlardan foydalanish va namoyishlar o‘tkazish taqiqlanishi ma'lum qilingan.

Mavzuga oid
Top