16:38 / 12.06.2021
4892

Shri-Lanka hukumati mamlakat sohilida yong‘in chiqqan kema egasidan 40 mln dollar talab qildi

 Shri-Lanka hukumati mamlakat sohilida 20 may kuni yong‘in chiqqan va ikki haftadan so‘ng o‘chirilgan kema operatoridan 40 mln dollar kompensatsiya undirmoqchi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.

Shri-Lanka bosh prokurori X-Press Feeders kompaniyasi yuristlariga bu boradagi hujjatlarni jo‘natgan. Hukumat yong‘in oqibatidagi ekologik zararni baholash ishlarini davom ettirmoqda, so‘ralgan pul esa qutqaruv ishlari xarajatini qoplashi lozim.

 Singapurda ro‘yxatdan o‘tgan X-Press Pearl kemasida Kolombo shahridan 18 kilometr narida yong‘in chiqqandi. Natijada yuzlab tonna neft dengizga oqqan.

Kemada zaharli moddalar, jumladan, 25 tonna azot kislotasi bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top