15:17 / 12.06.2021
9989

SSV yil boshidan beri necha kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini ma'lum qildi

2021 yil 1 yanvaridan iyun oyining birinchi o‘n kunligiga qadar bo‘lgan besh oydan oshiq vaqt mobaynida necha kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi? Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati shu haqda ma'lumot taqdim etdi.

Pandemiya boshlangandan buyon SSV matbuot xizmati koronavirusdan kasallanish bilan bog‘liq kunlik statistik ma'lumotlarni e'lon qilib kelmoqda. Ushbu statistikaga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvarigacha 77 182 nafar fuqaro koronavirus bilan kasallangan bo‘lsa, 2021 yil 10 iyun holatiga ko‘ra, 102 892 nafar bemorda koronavirus aniqlanganini ko‘rish mumkin. O‘tgan besh oydan oshiq vaqt mobaynida 25 710 nafar fuqaro kasallikka chalingan.

Hududlar kesimida yil boshidan beri  kasallanganlar ko‘rsatkichi quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 413 nafar;
  • Andijon viloyatida 522 nafar;
  • Buxoro viloyatida 431 nafar;
  • Jizzax viloyatida 436 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 339 nafar;
  • Navoiy viloyatida 189 nafar;
  • Namangan viloyatida 411 nafar;
  • Samarqand viloyatida 2735 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 344 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 282 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 537 nafar;
  • Xorazm viloyatida 485 nafar;
  • Toshkent viloyatida 3819 nafar;
  • Toshkent shahrida 14 767 nafar nafar fuqaroda koronavirus tasdiqlangan.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top