20:50 / 15.06.2021
9134

Xitoyning 30ga yaqin qiruvchi samolyoti Tayvan yaqinidan uchib o‘tdi

Ma'lumot berilishicha, aviaguruh 14ta J-16, oltita J-11 qiruvchi va to‘rtta H-6 bombardimonchi hamda razvedka samolyotlaridan iborat bo‘lgan.

Tayvan hukumati seshanba kuni Xitoy harbiy-havo kuchlariga qarashli 28ta samolyotdan iborat aviaguruh Tayvan yaqinidan uchib o‘tganini ma'lum qildi, deb xabar berdi «Nikkey» nashri.

Ma'lumot berilishicha, aviaguruh 14ta J-16, oltita J-11 qiruvchi va to‘rtta H-6 bombardimonchi hamda razvedka samolyotlaridan iborat bo‘lgan.

Bungacha Xitoy harbiy-havo kuchlari samolyotlaridan iborat eng katta guruh – 25ta samolyot 12 aprelda ushbu hududdan uchib o‘tgandi.

«Nikkey»ning yozishicha, Xitoy harbiy samolyotlari G7 sammitida Tayvanda tinchlik va barqarorlikni saqlashga chaqirilgan bayonot qabul qilinganidan so‘ng uchib o‘tgan. 

Mazkur bayonotdan so‘ng Xitoy «katta yettilik» davlatlari rahbarlarini «siyosiy manipulyatsiyalar»da ayblagandi.

Top