13:24 / 16.06.2021
14823

DXX raisi kubogining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Aprel oyidan boshlab, O‘zbekiston bo‘ylab mini-futbol bo‘yicha DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari kubogi o‘tkazildi.

Rasmiy relizga ko‘ra, musobaqalarda 18-30 yosh oralig‘idagi yoshlardan iborat 7779 ta jamoa ishtirok etdi.

Tuman, shahar va viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng kuchli 14ta jamoa 12-15 iyun kunlari Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida DXX raisi kubogida qatnashdi.

12 iyun kuni qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Jamoalar 4ta guruhga bo‘lingan holda, musobaqa g‘olibligi uchun kurashga kirishdi. Shuningdek, maxsus qur'a yordamida ularga O‘zbekiston futbolining nomdor mutaxassislari yordamchi murabbiy sifatida biriktirib berildi.

Turnir tashkilotchilaridan biri, O‘zbekiston professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev turnir xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Musobaqa juda yuqori saviyada tashkil etildi. O‘zbekistonda 16-30 yoshlar oralig‘idagi yoshlarni o‘zida qamrab olgan bu kabi keng ko‘lamli musobaqalar kam. Har bir mahalla o‘z sha'nini himoya qilgani, keyinroq esa tuman va respublika bosqichi bilan turnir davom ettirilgani, 60mingdan ziyod yoshlarning bir chempionat yo‘lida kurashga kirishgani juda xursand qildi.

Tashkiliy masalada qiyinchiliklar bo‘ldi. Lekin ishtirokchilarning ko‘zlaridagi minnatdorlik hislari barcha charchoqlarimizni chiqarib yuboradi», – deydi O‘zPFL direktori.

k2WH4H-XVC9PzWh-asLfKSVAAWI4pFt2.jpg (1280×853)

IQ1aer9w52BM3JxUR_w8UzQ5gnfEBH5b.jpg (1280×853)

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani «Samarqand» MFY jamoasi, 2-pog‘onani Sirdaryo viloyati Guliston shahri «Taraqqiyot» MFY jamoasi, 3-o‘rinni Jizzax viloyati Zomin tumani «G‘ofur G‘ulom» MFY jamoasi qo‘lga kiritdi. Kuchli to‘rtlikka Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani «Oq Mang‘it» MFY jamoasi yakun yasab berdi.

Chempionlarga medallar va kubokni DXX raisi Abdusalom Azizov topshirdi.

IRSaL7whpfQU8O1gdOte8YvYD2Nhf6hH.jpg (1280×887)

dZSdtfvZ2vV6Fo0aymg8bmVyIYoh3tDx.jpg (1280×880)

Turnir g‘oliblariga o‘zlari istiqomat qiladigan mahallada mini-futbol maydonchasi, qolgan 3 jamoaga esa «Workout» maydonchalari qurib beriladi.

Bundan tashqari, taqdirlash marosimida «Eng yaxshi o‘yinchi», «Eng yaxshi to‘purar», «Eng yaxshi darvozabon» va «Eng yaxshi murabbiy» nominatsiyalari bo‘yicha kuchlilar aniqlandi. Ularga maxsus sovrinlar, statuetkalar, «Eng yaxshi murabbiy» nominatsiyasi g‘olibiga esa televizor sovg‘a qilindi.

Asg2lAtOpn_D9EmFVLI-Nz-vegQqhNQR.jpg (1280×982)

Top