18:45 / 17.06.2021
7554

Kattaqo‘rg‘on shahri Samarqandning jinoyatchilik ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan hududi ekani aytildi

Foto: Samarqand viloyat hokimligi

Samarqand viloyatining jinoyatchilik o‘rtacha eng ko‘p sodir bo‘ladigan hududi Kattaqo‘rg‘on shahri ekani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov jinoyatchilik va qonun buzilishlariga qarshi kurash tahlili mavzusida o‘tkazilgan yig‘ilishda aytdi.

Yig‘ilishda Turdimov jinoyatchilik ko‘rsatkichlari eng yuqori bo‘lgan hududlarni sanadi. Unga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahrida har 100 ming kishiga o‘rtacha 121 tadan jinoyat sodir etilgan. Bu borada keyingi o‘rinlarda Samarqand shahri (92 ta), Oqdaryo (72 ta) va Jomboy (72 ta) qayd etilgan. Oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar eng ko‘p Toyloq, Jomboy, Qo‘shrabotda sodir etilgan.

Viloyat hokimi boshchiligidagi yig‘ilishda barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hududiy rahbarlari, xususan, DXX Samarqand viloyat boshqarmasi rahbari Abdug‘ofur Ahmedov viloyat prokurori Ravshan Masharipov va IIB rahbari Shavkat Rahmonov qatnashgan.

Top