12:00 / 18.06.2021
6928
Reklama

Genesis Innovation IT sohasida chegaralarni ochishda davom etmoqda

Foto: Genesis Innovation

Innovatsion IT-kompaniya GENESIS INNOVATION birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda loyiha ofisini ishga tushirdi. PMO joriy qilinishi kompaniya ichidagi, shuningdek, hamkorlar uchun ham loyihalar bilan bog‘liq kutilmagan vaziyatlar va nizolar kelib chiqish xavfining imkon qadar oldini oladi.

PMO aslida nima?

Project Management Office (PMO) – bu kompaniyaning barcha loyihalarini, jumladan, yo‘naltirish, monitoring, budjet va grafiklarni kuzatib borish, shuningdek, jamoa va loyihadagi barcha manfaatdor tomonlarning aloqada bo‘lishini umumiy nazoratga oladigan, loyihalar portfelini boshqarish ofisidir. Buning barchasi ham rahbarga, ham buyurtmachiga loyiha jarayonlarini tushunish va kuzatib borish imkonini beradi.

GENESIS INNOVATION kompaniyasiga 2018 yilning mart oyida asos solingan bo‘lib, IT sohasida ko‘zlangan ko‘plab maqsadlarga erishildi. Kompaniyaning afzalliklari – kompleks novatorlik xizmatlari, malakali xodimlar, jahon kompaniyalari bilan uzoq muddatli sheriklik munosabatlari va ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo‘yicha sifat menejmenti tizimiga muvofiq loyihalar tuzilmasini boshqarishdir.

Kompaniya IT-yechimlar va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish bo‘yicha ishonchli va tasdiqlangan provayder sifatida xizmat qilib kelmoqda, shuningdek, AKT sohasidagi IT Park innovatsion markazning rezidenti hisoblanadi.

PMO buyurtmachi uchun qanday ahamiyatga ega?

Ushbu ko‘rinishdagi loyihalarni boshqarish nafaqat o‘z loyihalarini olib borish uchun, balki O‘zbekistondagi xalqaro PMO amaliyotiga muvofiq dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va loyihalarni boshqarish xizmatlaridan foydalanishni istagan hamkor kompaniyalar uchun ham joriy qilingan.

Faoliyat davomida hamkor kompaniyaning loyiha menejyeri to‘g‘ridan to‘g‘ri loyihani ishlab chiqishda va uslubiy ta'minotni tayyorlashda ishtirok etadi. Bu kelajakda sifat, xatarlar, xodimlar va boshqa jarayonlarni boshqarishga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Kompaniyaning muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalari:

SV-GATE — mobil to‘lov tizimlarini Uzcard banklararo to‘lov tizimiga ulash uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulot.

CardXabar — Uzcard bank kartalari bo‘yicha to‘lovlar haqida ma'lumot olish uchun mo‘ljallangan telegram bot.

Kiwi Ride — elektron skuterlardan foydalanish uchun mo‘ljallangan birinchi va yagona ijara platforma ilovasi. Ilovadan BAA va Yevropa hududida foydalaniladi.

KioskPay — o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish orqali foydalanuvchilardan to‘lovlarni qabul qilishni ta'minlovchi axborot va to‘lov terminali uchun dasturiy ta'minot.

Kompaniyaning boshqa loyihalari bilan saytimizda tanishishingiz mumkin: igenius.uz

GENESIS INNOVATION axborot texnologiyalari dunyosida yangi imkoniyatlarni ochishdan mamnun, shuningdek, yangi hamkorliklarga doim tayyor.

Aloqa uchun telefon: +99871 203-42-24

Kompaniya manzili: O‘zbekiston, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 78.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top