14:52 / 21.06.2021
2048

Yangihayot tumanida yarim yil davomida qancha joy obodonlashtirilgani ma'lum qilindi

Yangihayot tumanida 2021 yilning o‘tgan 6 oyi davomida tuman markaziy  ko‘chalariga, Mehrigiyo, Qo‘rg‘ontepa, Sofdil, Shokirariq, Qo‘rg‘ontepa tor, M. Tursunzoda ko‘chalariga 2176 tup manzarali va ignabargli daraxt ko‘chatlari ekildi. 1507 tup buta ko‘chatlari, bundan tashqari, 29 ta gulxonalar barpo etilib, 67000 dona mavsumiy gul ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirilgan. Bu haqda tuman hokimligida o‘tkazilgan brifingda Obodonlashtirish boshqarmasi rahbari Jasurbek Abulqosimov ma'lum qildi.

Shuningdek, hozirga kelib tuman hududida umumiy uzunligi 77684 p.m. irrigatsiya tarmoqlari, dyukerlar soni 34 tani, qo‘l kuchi bilan tozalanadigan maydon 594807 kv.m. maydon, ko‘kalamzorlashtirish maydonlari, gazon qoplamali maydonlar 482 024 kv.m.ni tashkil etadi. 

“Bugungi kunda yashil maydonlarni o‘rish, irrigatsiya tarmoqlarni tozalash, daraxtlarni oqlash, chiqindilarni olib chiqib ketish ishlari muntazam amalga oshirilmoqda. Hozirda boshqarmaga maxsus texnikalar ham xarid qilindi.

Mahalliy budjet xisobidan 1-etap bo‘yicha 3 mlrd 208 mln 203 ming so‘m, 2-etap bo‘yicha 3 mlrd 859 mln so‘m mablag‘ ajratilib, bir nechta mahallalarda yo‘llarni asfaltlash ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga, tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga 12 mlrd 454 mln 487 ming so‘m mablag‘ hisobidan maxsus texnikalar harid qilindi”, deydi Jasurbek Abulqosimov.

Top