21:14 / 23.06.2021
11665

AQSh Eronga qarshi kiritilgan minglab sanksiyalarni olib tashlashni rejalashtirmoqda

Eron prezidenti ma'muriyati rahbari Mahmud Voiziyning so‘zlariga ko‘ra, ayrim shaxslar va oliy rahnamo atrofidagi shaxslarga nisbatan joriy etilgan ba'zi sanksiyalarni ham bekor qilishga kelishildi.

Foto: Carlos Barria / Reuters

AQSh Eron neft-gaz va kemasozlik sektoridan sanksiyalarni olib tashlashga qaror qildi. Bu haqda Eron prezidenti ma'muriyati rahbari Mahmud Voiziy ma'lum qildi.

 "Sug‘urta, neft va kemasozlikka nisbatan Tramp tomonidan kiritilgan barcha sanksiyalarni bekor qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi", - dedi Voiziy.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh bilan kelishuvga ko‘ra, mingdan ortiq sanksiyalar bekor qilinadi.

 "Shuningdek, ayrim shaxslar va oliy rahnamo atrofidagi shaxslarga nisbatan joriy etilgan ba'zi sanksiyalarni ham bekor qilishga kelishildi", - deb qo‘shimcha qildi Voiziy.

 Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Eronda prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat oliy sudi raisi Ibrohim Raisiy 17,6 milliondan ortiq ovoz to‘plagan holda g‘olib bo‘ldi.

Top