16:00 / 23.06.2021
8721
Reklama

"O‘zekspomarkaz" Milliy ko‘rgazma kompaniyasi 28-30 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro ko‘rgazmalariga taklif etadi

"O‘zekspomarkaz" Milliy ko‘rgazma kompaniyasi 2021 yil 28 -30 iyun kunlari Toshkent shahrida 1-pavilon, Artrium 1 zali va ochiq maydonlarda bo‘lib o‘tadigan "Uzbekistan Agrotech Expo-2021" respublika agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy uskunalar va texnologiyalar XV Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosida, "Uzbekistan Agromash Expo-2021" IX Xalqaro ixtisoslashtirilgan qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalari ko‘rgazmasida, shuningdek, "AgroExpo Uzbekistan 2021" da ishtirok etish uchun taklif qiladi. Ko‘rgazmalar ishida Turkiya, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Ukraina, Rossiya, Estoniya, Vengriya va boshqa mamlakatlarning xorijiy kompaniyalari ishtirok etadi.

Germaniyaning "Made in Germany" Milliy pavilonida mamlakatning 12 nafar yetakchi ishlab chiqaruvchilari ishtirok etadi. Rossiya Federatsiyasining milliy ishtiroki agrosanoat kompleksi uchun 20 dan ortiq yirik texnika va uskunalar ishlab chiqaruvchilari tomonidan taqdim etiladi.

Ko‘rgazmalarni xalqaro qo‘llab - quvvatlash Germaniya oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi Federal vazirligi, Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vazirligi (Minprotorg) va DLG-Germaniya qishloq xo‘jaligi jamiyati tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekistonda ilk bor ko‘rgazma gibrid formatda o‘tkaziladi. virtual.agroexpouzbekistan.com onlayn platformasida tashrif buyuruvchilar mahsulotlar va ba'zi eksponentlarning yechimlari bilan oldindan tanishishlari va ko‘rgazma davomida uchrashuv belgilashlari mumkin.

Iyun oyining boshida ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish ochiladi.

Ko‘rgazmalar o‘tkazilishi davomida tematik bo‘limlar bo‘yicha seminar va taqdimotlar tashkil etiladi.

To‘liq ma'lumot uchun - http://uzexpocentre.uz yoki uzexpocentre@gmail.com, elektron pochtasiga, shuningdek (+998 71) 238 56 00, 235-08-12, 234-41-83 telefonlari bo‘yicha murojaat qilinsin.

Ko‘rgazmada ishtirok etish - Sizning O‘zbekiston bozoriga eng qisqa yo‘lingiz! Ko‘rgazmaga xush kelibsiz!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top