22:18 / 24.06.2021
41753

Microsoft Windows 11 operatsion tizimini taqdim etdi

Ma'lumot berilishicha, yangi operatsion tizimda Android ilovalar to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydi.

Microsoft o‘zining yangi Windows operatsion tizimi taqdimotini o‘tkazdi.

Windows 11 interfeysi sezilarli o‘zgarishlarga uchragan. «Pusk» menyusi chapdan markazga ko‘chirilgan. Yangi operatsion tizimga yarim shaffoflik qaytgan.

Shu bilan birga, avvaldan o‘rnatilgan ilovalar, masalan, One Drive va Edge brauzeriga ham o‘zgarishlar kiritilgan. 

Yangi Windows tizimida sensorli ekranlar bilan ishlash imkoniyatiga alohida e'tibor qaratilgan.

Eng katta yangilik esa operatsion tizimda Android ilovalarning to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlashi bo‘lgan. 

Foydalanuvchilar Windows 11 yangilanishlarini yaqin oylarda olishlari aytildi.

Mavzuga oid
Top