07:40 / 25.06.2021
4182

25 iyun kuni O‘zbekistonda haroratning biroz pasayishi kutilmoqda 

25 iyunda kunduz kuni O‘zbekistonda haroratning biroz pasayishi kutilmoqda, bunday holat qisqa muddatga salqin havo kirib kelishi hisobiga sodir bo‘ladi. Respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30-35 daraja issiqni tashkil etadi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi. Shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 32-34 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Top