16:54 / 25.06.2021
47750

Toshkent shahri «qizil», Toshkent va Samarqand viloyatlari «sariq» hududlar etib belgilandi

Toshkent shahri «qizil», Samarqand va Toshkent viloyati «sariq» hudud etib belgilandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning sog‘ayish dinamikasi holatidan kelib chiqib, hududlarni «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish tartibiga muvofiq:

  • «Qizil» toifadagi hududga – Toshkent shahri;
  • «Sariq» toifadagi hududlarga – Samarqand va Toshkent viloyatlari kirishi belgilandi.

«Hududlarni toifalarga ajratish va keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mas'ul hisoblanadi va ushbu xizmat epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, tartib asosida o‘zgarish bo‘lgan hududlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarlarni doimiy ravishda keng jamoatchilikka e'lon qilib boradi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, epidemiologik vaziyat yomonlashgani tufayli 28 iyundan Toshkent shahriga kirishda cheklovlar o‘rnatildi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda 28 iyundan ko‘ngilochar va ovqatlanish obektlari faoliyatiga cheklovlar o‘rnatiladi.

Ayni vaqtda Toshkent shahridan chiqishga cheklovlar yo‘q.

Cheklovlar dastlab Hindistonda tarqalishni boshlagan mutatsiya - «Delta»-shtammi mamlakatga kirib kelishi bilan bog‘liq. Iyun oyining ikkinchi yarmida kunlik kasallanish holatlari oshishni boshlagan, 24 iyun kuni yillik antirekord qayd etilgandi - 476 holat. Shundan Toshkent shahrida 135 holat, Toshkent viloyatida 49 holat, Samarqand viloyatida 89 holat qayd etilgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top