07:38 / 26.06.2021
3212

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 

Foto: KUN.UZ

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 33-38 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo 33-35 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘oldi hududlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top