20:29 / 26.06.2021
16394

OAV sohasining bir guruh xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” farmon imzoladi.

Farmon bilan mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar jarayonlariga qo‘shayotgan katta hissasi, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida erishilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etishdagi munosib xizmatlari, zamonaviy jurnalistika tizimlari uchun yuksak malakali professional kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh OAV xodimlari faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.

Quyidagi mukofotlanganlar ro‘yxati to‘liq keltirib o‘tiladi.­

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan

Meliboyev Ahmadjon­ – «Jahon adabiyoti» jurnali bosh muharriri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Qirg‘izboyev Muqimjon – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan

Olimov Sultonmurod Hoshimovich – «Tafakkur» jurnali bo‘lim mudiri

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abdugapparova Umida Muratovna ­– O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira

Boltaboyeva O‘g‘ilxon Nabijanovna – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» telekanalining Namangan viloyati bo‘yicha muxbiri

Jo‘rayev Ravshanxon Ergashovich – «UzReport» axborot agentligi bosh direktori

Yodgorov Erkin Xusenovich – «Buxoronoma» va «Buxarskiy vestnik» gazetalari bo‘lim muharriri, Buxoro viloyati

Jumaqulov Abdirasul Pardayevich – «Hurriyat» mustaqil gazetasi bosh muharriri

Mixaylov Viktor Vladimirovich – «Nuz.uz» veb-sayti bosh muharriri

Ubaydullayev Sharof Ortiqovich – «Nuroniy» jamg‘armasining Respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari

Usmonova Gulchehra – Ishtixon tumani «Ishtixon ovozi» gazetasi muharriri, Samarqand viloyati

Usmonova Farida – O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zosi, yozuvchi

Shernazarov Ahmadali Mustafoqulovich – «Xalq so‘zi» gazetasining Sirdaryo viloyati bo‘yicha muxbiri

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abibullayev Dauit Yesemuratovich – O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha sharhlovchisi

Boboyev Anvar Mashrabovich – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining nashrlar bo‘limi boshlig‘i

Yejkov Sergey Aleksandrovich – «Uzmetronom.com» veb-sayti bosh muharriri

Ilyasov Anvar Abdullayevich – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining «Dunyo» axborot agentligi fotomuxbiri

Qodirov Solijon Meliboyevich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» telekanalining badiiy dam olish ko‘rsatuvlar bo‘limi rejissyori

Nepomnyashchaya Olga Ivanovna – Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining bo‘lim bosh muharriri

Obidov Muhammad Dalimovich – O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi

Raxmetov Maxamet – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Toshkent» teleradiokanali» DUK bo‘lim muharriri

Toxirov Mamasodiq Boborozikovich – So‘x tumani «Sadoi So‘x» gazetasi bosh muharriri, Farg‘ona viloyati

Hamroyev Islom Hamzayevich – «Adolat» ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri

Shamsiyev G‘ayrat Abdusattorovich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Respublika teleradiomarkazi» DUK Toshkent telemarkazi bosh muhandisi

Shermatov Tolibjon Toshtemirovich – Xo‘jaobod tumani «Haqiqat» gazetasi muharriri, Andijon viloyati

Yoqubjonova Mukaddas Siddiqovna – G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi muqovalash sexi mashinisti

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Rahmonqulov Ulug‘bek Akmalovich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» telekanalining «Tahlilnoma» axborot-tahliliy dasturlar bo‘limi bosh muharriri

Umarov Jahongir To‘lqinovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati huzuridagi Media-markazining tasvirga olish guruhi bosh mutaxassisi

O‘rozov Abduvali Po‘latovich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» telekanalining Prezident «POOL» xizmati bosh muharriri o‘rinbosari

Xoliqov Elbek Mustafoyevich – Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi markazi yig‘ma axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i

Choriyev Shunqor Bo‘riyevich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» teleradiokanali» DUK direktori o‘rinbosari

Yo‘ldoshov Galaviddin – O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Qashqadaryo viloyati bo‘limi raisi

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Azimov Anvar Habibullayevich – «Mening yurtim» telekanali loyiha boshlovchisi

Nikolenko Liliya Vladimirovna – «Potrebitel.uz» veb-sayti administratori, bloger

Sanayev Furqat Choriyevich – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i

Tashmatova Tamara Sheraliyevna – «Farg‘ona haqiqati» – «Ferganskaya pravda» gazetalari birlashgan tahririyatining bosh muharriri o‘rinbosari, Farg‘ona viloyati

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Alimova Sabina Tuygunovna – «Pravda Vostoka» gazetasi muxbiri

Isajonov Mirolim Xayrullo o‘g‘li – «Daryo.uz» internet nashri muxbiri

«Shuhrat» medali bilan

Abdurahmonov Xayrullo Fayzullayevich – «Mahalla» gazetasi maxsus muxbiri

Akbarov Qosimjon Turg‘unovich – Mingbuloq tumani «Mingbuloq» gazetasi muharriri, Namangan viloyati

Asqarov Nuriddin Muhammadjonovich – «Ruxsor teleradiokanali» MChJ bosh direktori, Farg‘ona viloyati

Ochilova Sadoqat Sa’dullayevna – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» telekanalining xalqaro muxbirlar tarmog‘i muharriri

Bozorov Baxshillo Muhamadovich – «Istiqlol-TV» teleradiokompaniyasi direktori, Buxoro viloyati

Davirova Gulbahor Qo‘chqorovna – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» radiokanalining ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy eshittirishlar muharririyati bosh muharriri

Durdiyeva Gulchehra Sattorovna – «Yangi O‘zbekiston» gazetasining Toshkent viloyati bo‘yicha muxbiri

Jalilov Suhrobjon Yoqub o‘g‘li – Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining bo‘lim video montajchisi

Zaitova Nargiza Sobirovna – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining qo‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega nashrlar xizmati rahbari

Qallixanova Lolagul Orazgaliyevna – «Makan.uz» veb-sayti bosh muharriri

Qulmurodov Anvar Botirovich – «Ishonch» va «Ishonch-Doveriye» gazetalari bosh muharririning birinchi o‘rinbosari

Qosimov Zafarjon Olimjonovich – «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbiri

Qosimova Sarvara Jo‘rayevna – «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi muxbiri

Mamatov Rustam O‘roqboyevich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati huzuridagi Media-markazining axborot tayyorlash guruhi yetakchi mutaxassisi

Manzurova Nodira Abdulxayevna – O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Fotoaxborot tahririyati bosh muharriri o‘rinbosari

Masharipov Sherjan – «Xiva tongi» gazetasi muharriri, Xorazm viloyati

Mengziyayeva Rayhon Yangiboyevna – Qumqo‘rg‘on tumani «Qumqo‘rg‘on sadosi» gazetasi bosh muharriri, Surxondaryo viloyati

Nazirov Dilshodbek Bahodirovich – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» telekanalining studiya bosh muharriri

Nasimov Baxtiyer Azimovich – Toshkent shahri «Coscom» MChJ Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, bloger

Po‘latova Shohista Anvarovna – «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining qoliplar tayyorlash sexi montajchisi

Soboleva Yekaterina Nasriddinovna – O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining loyiha muvofiqlashtiruvchisi

Suvonov Nodir Abdiravubovich – Toshkent shahri «Adabiyot nashriyoti» MChJ direktori

Sultlnova Feruza Hikmatullayevna – «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyining muqovalash sexi chop etuvchisi

Teshayev Andrey Vyacheslavovich – «Podrobno.uz» yangiliklar agentligi bosh muharriri

Utemuratov Furxat Yusupovich – Xo‘jayli tumani «Xo‘jayli haqiqati» gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Hoshimova Yulduz O‘tkurovna – «Milliy» telekanalining ijtimoiy-ma’rifiy bo‘limi boshlig‘i

Husanov Jasur Ruhiddinovich – Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

Sharapova Irisgul Bo‘ranbayevna – «Qoraqalpog‘iston» radiokanalining «Xabar» axborot-tahliliy dasturlari bosh muharririyati bo‘lim mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Ergashev Nabijon Majid o‘g‘li – «Jizzax» nodavlat telekanali bosh muharriri, Jizzax viloyati

Eshboyev Temir Abdirasulovich – «Xalq so‘zi» gazetasining Navoiy viloyati bo‘yicha muxbiri

Yusupova Feruza Ortiqovna – «Teleradiokompaniya Zo‘r» MChJning «Zo‘r TV» telekanali muharriri

Top