07:46 / 30.06.2021
10903

Toshkent viloyatida qariyb 130 gektar yer maydoni yonib ketdi

Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda hududiy inspeksiyalari tomonidan joriy yil 28-29 iyun kunlari olib borilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida, qator tumanlarda boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda somon poyalari yoqilishi natijasida jami 40ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi

Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ayrim tadbirkorlar hamda fuqarolarning tabiatga nisbatan nooqilona munosabati natijasida 129 gektar yer maydoni yonib ketgan. Natijada, 113 mln 178 ming 492 so‘m miqdorida atrof-muhitga yetkazilgan zarar hisob-kitob qilindi. 

Barcha qonunbuzilish holatlari yuzasidan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasiga asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jarima hamda atrof-muhitga yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha tayyorlangan materiallar sud organlariga qonuniy qaror chiqarish uchun yo‘naltirildi.  

Top