11:29 / 01.07.2021
1365

Sirdaryoda qarzdor ota aliment uchun 71,7 million so‘m to‘lab berdi

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida qarzdor ota farzandi uchun 71,7 million so‘m aliment pullarini oldindan to‘lab bergan. Bu haqda viloyat MIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Oqoltin tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro I.D.dan undiruvchi I.N.ga bir nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun daromadining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

MIB xodimlari qarzdor Q.F. bilan tushuntirish ishlari o‘tkazib, unga farzandlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani yotig‘i bilan tushuntirilgan.

Bundan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota voyaga yetmagan bir nafar farzandi 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan jami 71 million 740 ming so‘m pul mablag‘larini oldindan to‘lab bergan. Shu sababli qonunning 41-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan mazkur ijro ishi tugatilgan.

Top