16:32 / 03.07.2021
19893

KXShT Afg‘oniston shimolidagi vaziyat yomonlashayotganini bildirdi

22 iyunda Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegarasini qo‘riqlayotgan afg‘on chegarachilari toliblar hujumiga uchragan.

Foto: AP

Afg‘onistonning shimoliy tumanlarida vaziyat yomonlashmoqda va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotida (KXShT) jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Stanislav Zas ma'lum qildi.

"Afg‘onistonda, aslida, vaziyat yomonlashmoqda. Halokatli deyolmayman, biroq jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Tojikistonga tojik-afg‘on chegarasida xavfsizlikni ta'minlashda yordam berish zarur", dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u ushbu chegaraning turli uchastkalarida bo‘lgan.

"Chegarada xavfsizlikni ta'minlash uchun chegarachilarga yordam berish talab qilinadi", - dedi Zas.

Tashkilot bosh kotibining aytishicha, KXShT chegarada toliblar bilan otishmalarni qayd etmoqda.

22 iyunda Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegarasini qo‘riqlayotgan afg‘on chegarachilari toliblar hujumiga uchragan. To‘qnashuvlar davomida 134 nafar afg‘on harbiysi Tojikistondan boshpana so‘rashga majbur bo‘lgan. 27 iyunda esa yana 17 nafar afg‘on harbiysi toliblar bilan to‘qnashuvlar vaqtida chekinib, Tojikiston tomonga o‘tgan.

28 iyun kuni KXShT matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov Tojikiston Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat yuzasidan yordam so‘rasa, KXShT unga yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top