22:26 / 03.07.2021
22958

Tojikistonga 300dan ortiq afg‘on harbiylari qochib o‘tgani ma'lum qilindi

Qayd etilishicha, afg‘on harbiylari «toliblar bilan ayovsiz janglardan so‘ng shaxsiy tarkibni saqlab qolish maqsadida» chegarani kesib o‘tgan.

Tojikiston chegarachilari «Tolibon» harakati bilan janglardan so‘ng chekinishga majbur bo‘lgan 300 nafardan ortiq afg‘on harbiy xizmatchilarini respublika hududiga kiritdi. Bu haqda Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmatiga tayanib «Hovar» agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Tojikiston chegarachilari «insoniylik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga amal qilgan holda» afg‘onistonlik harbiylarga respublika hududiga kirishga ruxsat bergan.

Qayd etilishicha, afg‘on harbiylari «toliblar bilan ayovsiz janglardan so‘ng shaxsiy tarkibni saqlab qolish maqsadida» chegarani kesib o‘tgan.

Avvalroq KXShT Afg‘oniston shimolidagi vaziyat yomonlashayotganini bildirgandi.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top