10:05 / 05.07.2021
43398

Koronavirus: Bir kunda 4 bemor vafot etdi, barcha hududlarda kasallanish ko‘paymoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 500ga yaqin yangi kasallanish holati qayd etilib, 300dan ortiq kishi tuzalgani, 4 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 4 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 113072 (+475) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 19 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 26 nafari Andijon viloyatida,
  • 27 nafari Buxoro viloyatida,
  • 54 nafari Jizzax viloyatida,
  • 17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 6 nafari Navoiy viloyatida,
  • 28 nafari Namangan viloyatida,
  • 44 nafari Samarqand viloyatida,
  • 26 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 29 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 25 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 15 nafari Xorazm viloyatida,
  • 51 nafari Toshkent viloyatida,
  • 108 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 nafar,
  • Buxoro viloyatida 44 nafar,
  • Jizzax viloyatida 22 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 14 nafar,
  • Namangan viloyatida 26 nafar,
  • Samarqand viloyatida 68 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 40 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 39 nafar,
  • Toshkent viloyatida 39 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 109068 (+304) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 751 nafarni tashkil qildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top