20:42 / 06.07.2021
5443

Oq uy AQSh va Xitoy rahbarlari uchrashishi mumkinligini bildirdi

AQShning avvalgi prezidenti Donald Tramp Si Tszinpin bilan xalqaro tadbirlarda bir necha marta uchrashgandi.

AQSh prezidenti Jo Bayden va XXR raisi Si Tszinpin o‘rtasidagi uchrashuv yaqin kelajakda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda Oq uy vakili Kurt Kempbell ma'lum qildi.

«Har ikki rahbar mavjud imkoniyatlarni baholaydi deb o‘ylayman. Ular orasida uzoq bo‘lmagan kelajakda qandaydir muloqot bo‘lishini kutmoqdaman», – dedi u.

Shu bilan birga, Kempbell ushbu muloqot 30-31 oktyabrda Rimda o‘tkazilishi rejalashtirilgan G20 sammitida bo‘lishi mumkinmi degan savolga javob bermadi.

AQShning avvalgi prezidenti Donald Tramp Si Tszinpin bilan xalqaro tadbirlarda bir necha marta uchrashgandi.

Mavzuga oid
Top