17:27 / 07.07.2021
19202

FVV aholini kuchli shamoldan ogohlantirdi

Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, 8 iyulda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 9–10 iyul kunlari Respublikaning barcha hududlariga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi.

7 iyulda Qoraqalpog‘istonda, 8–10 iyul kunlari Respublikaning barcha hududlarida ba'zi joylarda shamol tezligi 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Ba'zi joylarda esa changli bo‘ron bilan 25–30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Shu munosabat bilan FVV fuqarolardan kuchli shamol kuzatilganda ko‘chada harakatlanmaslikni, avtomobillarni daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishni so‘radi. «O‘zingiz va mulkingizni baxsiz hodisalardan asrang», deyiladi vazirlik xabarida.

Top