O‘zbekistonda 6 iyul kuni 471 kishida koronavirus aniqlanib, mamlakatda COVID-19 rasman qayd etilganlar soni 114 039 nafarga yetdi
«2021 yil 6 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 114039 (+471) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 26 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 10 nafari Andijon viloyatida,
- 12 nafari Buxoro viloyatida,
- 51 nafari Jizzax viloyatida,
- 15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 10 nafari Navoiy viloyatida,
- 15 nafari Namangan viloyatida,
- 37 nafari Samarqand viloyatida,
- 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 19 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 20 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 10 nafari Xorazm viloyatida,
- 52 nafari Toshkent viloyatida,
- 174 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 195 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kecha kun davomida:
- Andijon viloyatida 67 nafar,
- Buxoro viloyatida 15 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 15 nafar,
- Samarqand viloyatida 40 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 75 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 42 nafar,
- Xorazm viloyatida 27 nafar,
- Toshkent viloyatida 46 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 109676 (+327) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 758 nafarni tashkil qildi.