14:12 / 07.07.2021
68020

O‘zbekistonda hafta davomida kuchli shamol va changli bo‘ronlar kuzatilishi kutilmoqda

8−10 iyul kunlari butun O‘zbekiston bo‘ylab shamol 20 m/s.gacha kuchayadi, sinoptiklar hafta davomida changli bo‘ronlar kuzatilishi kutilayotganidan ogohlantirishdi.

8 iyulda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 9-10 iyul kunlarida respublikaning barcha hududlariga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan deyarli salqin havo massalari kirib keladi. 

7 iyulda Qoraqalpog‘iston bo‘yicha, 8-10 iyulda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin.

«O‘zgidromet» 8 iyul kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi kutilayotgani haqida ma'lumot berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 25–27 daraja, kunduzi 41–43 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayadi, Ustyurtda ba'zida changli bo‘ron bilan 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24–29 daraja, kunduzi 34–39 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24–29 daraja, kunduzi 37–42 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24–29 daraja, kunduzi 41–46 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 38–43 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda changli bo‘ron bilan 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 25–30 daraja, kunduzi 41–46 daraja  bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 38–43 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16–21 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top