09:29 / 07.07.2021
3304

Samarqandda uyida 11 kilogramm marixuana saqlab kelayotgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyati Urgut tumanida profilaktika inspektori uyida 11 kilogramm marixuana giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgan shaxsni ushlagan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB profilaktika inspektorlari tomonidan fuqarolarning xonadonlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazish davomida, Urgut tumani Pochvon mahallasida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan S.A. o‘zini shubhali tutgan. Uning yoni tekshirilganida, cho‘ntagida 4 dona gugurt qutida marixuana giyohvandlik moddasi borligi, surishtiruv davomida u ushbu giyohvand moddalarini tanishi B.A.dan olgani aniqlangan.

Shundan so‘ng, B.A.ning hovlisi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, tomorqasida 76 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotgani ma'lum bo‘lgan. Bundan tashqari, ushbu shaxsning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida 11 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi hamda 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Top