09:05 / 08.07.2021
16073

Dubay portida kuchli portlash yuz berdi

Foto: twitter.com

Dubayning Jabal-Ali porti hududida 8 iyulga o‘tar kechasi kuchli portlash yuz berdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, portlash portdagi kemalardan birida sodir bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari voqeaning videosi va suratlari bilan bo‘lisha boshlashgan. Videolardan birida osmonga olovli bulut ko‘tarilayotganini ko‘rish mumkin.

Dubay ma'muriyatining ma'lum qilishicha, portlash Jabal-Ali portidagi kemalarning birida chiqqan yong‘in tufayli yuz bergan.Yong‘inga kemadagi konteynerlardan birida saqlangan yengil alangalanuvchi materiallar sabab bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, kema ekipajini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lingan. O‘t o‘chiruvchilar vaziyatni tezda o‘z nazoratiga olgan. Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. 

Top