15:18 / 08.07.2021
2192

“Hududgaz Andijon”: Aholiga uzuliksiz suyultirilgan gaz yetkazish ta'minlanmoqda

Andijon viloyatida jami 423 337 dona suyultirilgan gaz ta'minotidan foydalanuvchi iste'molchilar mavjud bo‘lib, ushbu iste'molchilarga joriy yil davomida 72 000 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan.

Joriy yilning birinchi yarmida iste'molchilarga 34 ming 742,52 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

Iste'molchilarni suyultirilgan gaz bilan ta'minlashda 5 dona gaz to‘ldirish stansiyalari faoliyat yuritib kelyapti.

Aholining talabini qondirish va ularga qulaylik yaratish maqsadida “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali kunduz kunidan tashqari kechqurun ham iste'molchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Suyultirilgan gaz ta'minotiga bo‘lgan talab asosan aholi iste'molchilar tomonidan yoz oylarida ortib borishini inobatga olgan holda, maxsus avtotransport vositalarida kunning ikkinchi qismida ham iste'molchilarni suyultirilgan gaz bilan ta'minlash ishlari olib borilmoqda.

Kunduzi issiq paytlarda maishiy gaz ballonlarni quyosh nuridan saqlash va ehtiyot qilish, shuningdek, iste'molchilarga xavfsiz ballonlarni yetkazib berish maqsadida suyultirilgan gaz aholiga ertalabki soat 06.00dan boshlab soat 10.00ga qadar, kech soat 19.00 dan 21.00 ga qadar yetkazib berilmoqda.

Shuningdek, “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali yozning issiq kunlarida iste'molchilardan o‘z maishiy gaz ballonlarini quyosh nuri to‘g‘ridan to‘g‘ri tushadigan joylarda saqlamaslikni hamda gaz xo‘jaligidan foydalanish qoidalariga amal qilishlarini so‘rab qoladi.

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali
Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top