15:29 / 08.07.2021
2028

Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda bir kishi vafot etdi

Surxondaryo viloyati Angor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida yo‘lovchi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 6 iyul kuni soat 22:30larda M39 Almati-Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining Angor tumani hududidan o‘tgan 1433-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

«Moskvich» mashinasi haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzib, mumkin bo‘lmagan joydan qayrilgan va ro‘paradan kelayotgan mashinani o‘tkazib yubormagan. Ana shu holatda Termiz-Sherobod yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan «Neksiya» mashinasi «Moskvich»ga kelib urilgan. Oqibatda, «Moskvich» mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Angor tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.

Top