21:32 / 09.07.2021
1912

Samarqand viloyati qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportida 55 mln dollar yo‘qotyapti

Ikki yildan beri ob-havoning noqulay kelishi oqibatida Samarqand viloyatida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishda muammolar paydo bo‘lgan.

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid O‘roqov birinchi yarim yillikdagi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida shu haqda ma'lum qildi.

«Eksport qilishning o‘zi ham oson bo‘lmayapti. Ayniqsa, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilishda katta yo‘qotish kuzatilyapti. Ob-havoning noqulay kelganligi sababli qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish sezilarli kamaydi. Hisob-kitobimiz bo‘yicha biz qariyb 55 million dollar yo‘qotyapmiz.

Ammo sanoat sohasida o‘sish kuzatilyapti. Xususan, tekstil va oziq-ovqat yo‘nalishini aytish mumkin. Bu hozircha atrofimizdagi qo‘shni davlatlarning hisobiga bo‘lmoqda», — dedi O‘roqov.

O‘roqov shuningdek, hozirgi vaqtda Yevropa davlatlari bilan eksport masalasida bir qator muammolar borligini aytib o‘tdi. Xususan, Samarqandda faoliyat ko‘rsatayotgan sanoqli korxonalardagina xalqaro me'yorlarga javob beradigan sertifikatlar mavjudligini tan oldi.

Top