16:52 / 09.07.2021
11090

Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi boshlig‘i Pak Janna Gerasimovna lavozimidan ozod etildi va uning o‘rnini Mirzo Ulug‘bek tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri Nilufar Foziljonova egalladi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qirq uchinchi sessiyasida Toshkent shahar Maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Nilufar Hikmatjonovna Foziljonova nomzodi ma'qullandi.

Nilufar Foziljonova 1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.

U shu vaqtga qadar Mirzo Ulug‘bek tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan. Yangi lavozimda Pak Janna Gerasimovnaning o‘rnida ish boshladi.

Pak Janna Gerasimovna
  • Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bir oy ichida Maktabgacha ta'lim vazirining uch nafar o‘rinbosari o‘zgargandi. Prezident ishtirokida tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishdan keyin Qahramon Olimov, Maqsudjon Yo‘ldoshev va Shodiyor Mamatqulov ishdan ketib, ularning o‘rnida mos ravishda Bahodir Anorboyev, Uzoqboy Begimqulov va Nodir Muslimdinov ish boshladi.
Top