07:10 / 10.07.2021
3767

Buxoro davlat universitetida jurnalistika yo‘nalishlari ochildi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Buxoro davlat universitetida Bosma ommaviy axborot vositalari hamda Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishlari ochildi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha 25 nafar talaba qabuli rejalashtirilgan. 

Ma'lum qilinishicha, o‘qish O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti olimlari tomonidan yaratilgan o‘quv rejalar hamda fan dasturlari asosida tashkil etiladi. 

Shuningdek, o‘qish paytida jurnalistik amaliyotga alohida e'tibor beriladi. Butun semestr davomida asosiy o‘qishdan bo‘sh vaqtda talabalar viloyat, shahar, tuman gazetalari, radio va televideniye hamda matbuot markazlari ishlarida qatnashib boradi.

Top