10:00 / 10.07.2021
5470

EPSILON (EDC): Ayzovat-9 yangi qudug‘idan chiqarilayotgan kunlik gaz hajmi 1 mln kubmetrni tashkil etdi

Joriy yil 9 iyul kuni Qashqadaryo viloyati, Ayzovat konida joylashgan 9-sonli izlov qudug‘ida olib borilgan sinov ishlari davomida undan chiqarilayotgan sanoat ko‘lamidagi kunlik gaz hajmi 1 mln kubmetrni tashkil etdi.

Quduqni loyihada belgilangan chuqurlikkacha burg‘ilash ishlari yilning 15 iyul sanasigacha yakunlanib, so‘ngra olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish maqsadida u gaz uzatish tarmog‘iga ulanadi.

Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya me'yorlariga muvofiq ravishda amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ

Top