12:15 / 13.07.2021
3883

Qo‘rg‘ontepa tuman “Dehqon bozori” MChJ moddiy javobgar shaxslarining kirdikorlari fosh bo‘ldi

Ular asossiz ravishda oylik maoshlari va savdo xizmatidan tushgan mablag‘larni talon-toroj qilishgan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, tuman “Dehqon bozori” MChJ moddiy javobgar shaxslari MChJning 201,7 mln so‘mini hech qanday asossiz ish haqi va rag‘batlantirish sifatida olgani, shuningdek savdo hamda xizmat ko‘rsatishdan tushgan 157 mln so‘mni kirim qilmasdan, jami 358,7 mln so‘m pul mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Izboskan tumanida fermer xo‘jaligining yerini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangani haqida xabar berilgan edi.

Top