20:45 / 14.07.2021
5027

Xitoyda pichoq bilan qurollangan erkak o‘nga yaqin insonga jarohat yetkazdi

Supermarketda kelib chiqqan janjal chog‘ida u bir xaridorni pichoqlagan. So‘ngra qochib ketayotib yana 8 kishini jarohatlagan.

Xitoyning Shenyan shahrida pichoq bilan qurollangan erkak supermarketda xaridorlarga hujum qildi. Bu haqda Hksd nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, hujumni Meyxekou shahrida yashovchi 61 yoshli Tyan Moumou ismli shaxs amalga oshirgan.

Supermarketda kelib chiqqan janjal chog‘ida u bir xaridorni pichoqlagan. So‘ngra qochib ketayotib yana 8 kishini jarohatlagan. Jarohatlanganlardan biri vafot etgan.

Yaralanganlar shifoxonaga yotqizilgan.

28 aprelda Guansi-Chjuan muxtor rayonidagi bolalar bog‘chasiga pichoq bilan qurollangan erkak hujum qilishi oqibatida 16 nafar bola va ikki nafar tarbiyachi jarohatlangandi.

Mavzuga oid
Top