22:02 / 14.07.2021
4397

Yevropaga yetib olishga urinish vaqtida halok bo‘lgan qochqinlar soni 2 marta ko‘paydi 

Foto: AP Photo/Bruno Thevenin

2021 yil birinchi yarmida Yevropaga dengiz orqali yetib olishga urinish vaqtida 1,2 ming qochqin halok bo‘ldi. Bu 2020 yil birinchi yarmidagi ko‘rsatkichga nisbatan 2 marta ko‘proqni tashkil qiladi. O‘shanda 513 qochqin halok bo‘lgan.   

Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, jinsi va yoshini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan qurbonlar orasida 50 bola, 409 erkak va 104 ayol bo‘lgan. Yevropaga yetib olishga uringanlar uchun «eng qirg‘inbarot» yo‘l O‘rta Yer dengizining Liviya va Italiya o‘rtasidagi qismi bo‘lgan. Bu yo‘nalishda 741 kishi halok bo‘lgan. Atlantika okeanining G‘arbiy Afrika va Kanar orollari o‘rtasidagi qismida esa 250 qochqin hayotdan ko‘z yumgan.   

Mavzuga oid
Top