10:00 / 17.07.2021
21328
Reklama

Tanishuv: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sohasidagi yagona Oliy ta'lim muassasasining bu yil  abituriyentlarga qanday yangiliklari bor?

Institutda:

-Agrobiologiya,

- O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik,

- Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot,

- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash

- Agroinjyeneriya va gidromelioratsiya fakulteti mavjud.Ularda 20 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. Institutda bu yil qabul kvotalari o‘tgan yilgiga nisbatan bakalavriatda 17% ga, magistraturada 46%ga ortdi. Shuningdek, kunduzgi ta'limda 3 ta

- Yurisprudensiya (qishloq xo‘jaligi huquqi),

-Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash,

- Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish ta'lim yo‘nalishlari ochildi.

Sirtqi ta'limda esa 5 ta

- Zooinjyeneriya (Baliqchilik),

-Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, veterinariya meditsinasi(faoliyat turlari bo‘ycha)

- Turizm(agroturizm),

-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (Qishloq xo‘jaligida) ta'lim yo‘nalishlari bu yilgi abituriyentlarni kutadi.

Magistirturadagi yangiliklar:

-Agrotuproqshunos va agrofizika (sohalar bo‘yicha),

- Agrokimyo, agronomiya, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (Mahsulotlar turlari bo‘yicha),

- Sabzavotchilik polizchilik,  mevachilik, meva sabzavotchilikda biotexnika, gidromelioratsiya mutaxassisliklari 2021-2022 o‘quv yilida ochildi. Shuningdek qishloq xo‘jaligi sohasida iqtisod, bugalteriya va audit jami bo‘lib 27 ta mutaxassisliklar mavjud.

Ushbu o‘quv yilida bakalavriyatning kunduzgi ta'lim shakli uchun 30 ta yo‘nalishlariga ya'ni 1179 nafar, sirtqi ta'lim shakli bo‘yicha 26 ta ta'lim yo‘nalishlariga 700 nafar, magistraturaning 27 ta  mutaxassisliklariga 120 nafar qabul kvotalari belgilangan. Horijiy OTMlari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta'lim dasturlarida alohida kvotalar ajratilgan bo‘lib,4 ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha 100 nafar kadrlar tayyorlash belgilangan.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instiutida 5 ta fakultet ularda 20 ta kafedra faoliyat yuritadi. Qabul kvotalari o‘tgan yilgiga nisbatan bakalavriatda 17% ga, magistraturada 46%ga ortdi. Shuningdek, kunduzgi ta'limda 3 ta

  • Yurisprudensiya (qishloq xo‘jaligi huquqi)
  • Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash,
  • Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish ta'lim yo‘nalishlari ochildi.

Sirtqi ta'lim yo‘nalishlari yana 5 taga ko‘paydi. Magistratura mutaxassisliklari 9 taga ortdi. 2021-2022-o‘quv yili uchun bakalavrga 1 179 ta kvotalar ajratilgan bo‘lib, shundan 299 tasi davlat granti, 880 tasi to‘lov shartnomasi asosida. Qo‘shma ta'lim dasturlari bo‘yicha alohida kvotalar ajratilgan bo‘lib, 50 nafar abituriyentlar qabul qilinadi.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti abituriyentlar va ularning ota-onalariga ONLAYN ro‘yxatdan o‘tish, qabul jarayoni bo‘yicha qiziqtirgan savollar bo‘yicha javob berish maqsadida “Murojaatlar markazi” (CALL CENTER) tashkil etildi.

Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar qabul masalalari bo‘yicha har qanday savollaringizga javoblarni mazkur call sentr raqamlariga yo‘llashingiz mumkin.

Soat 9.00 – 17.00 ga qadar quyidagi raqamlarga:

☎️ 74-373-10-93
📞 74-373-12-00
☎️ 74-373-14-66
📞 74-373-14-67

Telegram: t.me/AQXAI_pressa

Reklama huquqi asosida

Top