22:05 / 18.07.2021
13728

Xitoyda birinchi marta odamning maymun virusidan o‘limi qayd etildi

Foto: Foto: Chinatopix /AP

Xitoyda birinchi marta odamning maymun virusidan o‘limi qayd etildi. Pekinlik veterinar ushbu virus qurboniga aylangan, deb xabar berdi Global Times nashri.

Maymun virusi B (BV) maymunsimonlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi muassasaning 53 yoshli xodimida tasdiqlangan. Unda mart oyi boshida ikkita maymun jasadini yorgandan keyin bir oy o‘tib, kasallikning birinchi alomatlari – ko‘ngil aynishi va qayt qilish holatlari aniqlangan.

Shundan keyin veterinar bir nechta shifoxonaga yordam so‘rab murojaat qilgan. Biroq u 27 may kuni vafot etgan.

Ta'kidlanishicha, bungacha Xitoy hududida maymun virusi B’dan o‘lim va hattoki uni yuqtirib olish holati qayd etilmagan.

Ushbu virus 1932 yilda aniqlangan va maymun bilan bevosita aloqa vaqtida yuqishi mumkin.

Yuqoridagi holat ortida Xitoyda laboratoriya maymunlari ortidan nazoratni kuchaytirish hamda veterinarlar himoyasini ta'minlash tavsiya qilingan.

Top