22:04 / 21.07.2021
17876

Afg‘oniston prezidenti «Tolibon» «Al-Qoida» bilan chuqur aloqa o‘rnatganini aytdi

Ashraf G‘anining so‘zlariga ko‘ra, «Tolibon» Afg‘onistonni turli isyonchilarning boshpanasiga aylantirmoqchi.

Foto: Anadolu Agency

«Tolibon» harakati «Al-Qoida» terrorchilik tarmog‘i hamda «Lashkari-toyiba» va «Jayshi Muhammad» terrorchilik guruhlari bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan, dedi Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani. 

«Tolibon» «Al-Qoida», «Lashkari-toyiba» va «Jayshi Muhammad» bilan chuqur aloqada. «Tolibon» olib borayotgan urush hech qanday diniy yoki milliy asosga ega emas. Biz yaqin uch-olti oy ichida vaziyatni o‘zgartirishga urinamiz», — deya Ashraf G‘anidan iqtibos keltirmoqda Tolo News telekanali.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Tolibon» Afg‘onistonni turli isyonchilarning boshpanasiga aylantirmoqchi.

«Hukumat hech qachon bunga yo‘l qo‘ymaydi. Maqsadimiz – Afg‘oniston va uning ozodligini, oxirgi 20 yilda erishilgan muvaffaqiyatlarni himoya qilish», — dedi u.

Bakhtar agentligining Afg‘oniston armiyasi qo‘mondonligiga tayanib xabar berishicha, «Al-Qoida» «Tolibon» jangarilariga mamlakatda terrorchilik hujumlarini amalga oshirishda ko‘mak bermoqda, o‘z instruktorlarini jo‘natmoqda. 

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top