16:30 / 21.07.2021
5396

Hindiston aholisining uchdan ikki qismi COVID-19 bilan kasallanib sog‘aygan bo‘lishi mumkin – OAV

Iyun va iyul oylarida Hindiston tibbiy tadqiqotlar kengashi tomonidan 29 ming kishining qon tahlili o‘rganilganida, qon namunalarining 67,6 foizida antitanalar borligi aniqlandi.

Hindistonliklardan olingan qon namunalarini o‘rganish natijalari mamlakat aholisining uchdan ikki qismi COVID-19 bilan kasallanib sog‘aygan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda, deb xabar berdi G‘arb OAV.

Iyun va iyul oylarida Hindiston tibbiy tadqiqotlar kengashi tomonidan 29 ming kishining qon tahlili o‘rganilganida, ushbu qon namunalarining 67,6 foizida antitanalar borligi aniqlandi.

Ma'lumot berilishicha, tadqiqotda qatnashganlarning atigi 13 foizi to‘liq emlangan bo‘lgan. 

OAVning eslatishicha, 2020 yil dekabr-2021 yil yanvarda xuddi shunday tadqiqot o‘tkazilganida 25 foizdan kamroq qon namunalarida antitanalar aniqlangan. 

Kengash raisi Balram Bxargava ushbu tadqiqot "umid uchqunlari"ni berishini aytdi.

Hindiston COVID-19 bilan kasallanganlar soni bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda 31,2 milliondan ortiq holat qayd etilgan, 418 mingdan ziyod bemor vafot etgan.

Top