19:04 / 21.07.2021
6439

YuNeSKO Liverpulni Butunjahon merosi ro‘yxatidan chiqardi

Liverpulning tarixiy markazi va doklari hududida joylashgan oltita uchastka 2004 yilda YuNeSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgandi.

Foto liverpoolecho.co.uk

YuNeSKO Liverpul portini Butunjahon merosi obekti maqomidan mahrum qildi. Bu haqda tashkilot saytida xabar qilindi.

Liverpulning tarixiy markazi va doklari hududida joylashgan oltita uchastka 2004 yilda YuNeSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgandi. Bu yerdagi binolarning bir qismi XX asr boshlarida qurilgandi.

Liverpul hokimiyati ushbu hududda osmono‘par binolar va "Everton" klubi uchun yangi stadion qurilishi ko‘zda tutilgan Liverpool Waters developerlik loyihasini ma'qullaganidan so‘ng YuNeSKO mazkur obekt Butunjahon merosi ro‘yxatidan chiqarilishi haqida ogohlantirgandi.

Iyunda o‘ttizga yaqin siyosatchi, futbolchi va olimlar The Times nashrida chop etilgan ochiq xatda shaharni turistlardan mahrum etmaslik uchun YuNeSKOni bunday qilmaslikka chaqirgandi.

Liverpul porti YuNeSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatidan chiqarilgan tarixdagi uchinchi obekt bo‘ldi. 2007 yilda Ummondagi antilopalar qo‘riqxonasi, 2009 yilda esa Drezdendagi Elba vodiysi ushbu maqomdan mahrum qilingandi.

Top