10:32 / 22.07.2021
21997

2ta tumanda IIB boshlig‘i o‘zgardi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Rustam Zuhriddinovich Jaloliddinov

Podpolkovnik Rustam Zuhriddinovich Jaloliddinov Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar R.Jaloliddinov shu yerning o‘zida IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - tezkor-qidiruv xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Farhod Ahadovich Vafoyev

Mayor Farhod Ahadovich Vafoyev Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumani IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar F.Vafoyev Kogon tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Top