10:49 / 22.07.2021
1471

Buxoroda 25 million so‘mga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Buxoro shahrida 10 sotix yerni 25 million so‘mga pullamoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Buxoro shahrida yashovchi H. M. “Zarafshon” bog‘dorchilik shirkati tomonidan ota-onasiga bog‘dorchilik bilan shug‘ullanishlari uchun ajratib berilgan 10 sotix yerni o‘zga shaxsga rasmiylashtirib berishni va'da qilgan. U ushbu ishi uchun firibgarlik yo‘li bilan 25 million so‘m pulni olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan jinoyat ustida ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlar olib borilmoqda.

Oldinroq Buxoroda hokimlik zaxirasidagi yerni 8 000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingandi.

Top