09:38 / 22.07.2021
12834

Toshkentning qator hududlarida qariyb 2 kun suv bo‘lmaydi

23 iyul kuni soat 09:00 dan 24 iyul soat 21:00 gacha Sergeli tumani TXAY va KXAY oralig‘idagi ichimlik suv quvurlarini ko‘chirib o‘tkazish ishlari olib borilishi munosabati bilan bir necha manzilgohlarda vaqtincha suv ta'minotida uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta'minoti” MChJ ma'lum qildi.

Toshkent viloyati Qibray tumani «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida D-1400 mm L-475 m, Toshkent shahar Sergeli tumani Xonobod ko‘chasida D-1000 mm L-370 m va Qipchoq ko‘chasida D-600 mm L-200 m ichimlik suv quvurlarini ko‘chirish jarayonida 23 iyul kuni soat 09:00dan 24 iyul kuni soat 21:00 gacha suv ta'minotida uzilishlar kuzatiladigan manzillar ro‘yxati:

1. Suv ta'minoti to‘xtatiladi: 

– Yashnobod tumani bo‘yicha: «Katta Olmos», «Iqbol», «O‘rtamasjid», «Mumtoz», «Katta Qo‘yliq», «Qo‘yliq Obod», «Uysozlar», «Tarnovboshi», «Yangiqo‘rg‘on», «Bexizor» mahallalari, 28 va 29- sonli oilaviy shifoxonalarida.

– Bektemir tumani bo‘yicha: «Abay», «Bektemir», «Oltintopgan», «Husayn Bayqaro», «Majnuntol», «Mirishkor», «Rohat», «Zilola», «Iqbol», «Chashma», «Nurafshon» mahallalari, Porloq ko‘chasi, Suvsoz dahasi -1, 2- mavzelarida. Vodnik qozonxonasi. 

– Mirobod tumani bo‘yicha: «Qo‘yliq ota», «Barotxo‘ja», «Parvona», «Bayot», «Chinor», «Yangi Qo‘yliq», «Yuksalish», «Fayziobod», «Oq uy», «Ziyonur», «Tolariq» mahallalarida, Qo‘yliq mavzesi 1, 2, 3, 4 - dahalarida, Fayziobod, Bilimdon ko‘chalari, “Hayot” va “Daniyel Xil” mehmonxonalarida. 6-qozonxonasi. 
 
– Sergeli tumani bo‘yicha: «Qo‘shqo‘rg‘on», «Xonobod», «Quruvchilar», «Ziyokor»,  «Madaniyat», «Shukur Burhonov» mahallalarida. 6-qozonxonasi. 
      
– Yangihayot tumani bo‘yicha: «Olchazor», «Chorog‘on», «Do‘stlik», «Yorqin» mahallalarida, tuman prokuraturasida. 

2. Suv bosimi kamayadi: 

- Sergeli tumani bo‘yicha:  «Qumariq», «Qipchoq», «Nurhayot», «So‘g‘diyona», «Daryo bo‘yi», «No‘g‘ay Qo‘rg‘on», «Viqor», «Bunyodobod», «Ziynat», «Yo‘ldosh», «Navqiron», «Ittifoq», «Ezgulik», «Madadkor», «Habibiy», «Tashabbus», «Yangi Umid», «Oriyat», «Marxamat» mahallalarida. 
– Musaffo obi hayot MChJ hududi bo‘yicha:
– Qibray tumani bo‘yicha: «Chingeldi», «Do‘stlik», «Jarboshi», «Toshisti», «Ibrat»,  «Arg‘in», «Mirishkor».
– Zangiota tumani bo‘yicha: «Beruniy», «Qorasuv», «Xonobod»,   «Qushbegi», «Istiqlol», «Nomdanak», «Taraqqiyot», «Xonobodtepa». 

Top