19:11 / 23.07.2021
12409

Prezident maktablarining bitiruvchilari davlat OTMlariga imtihonsiz qabul qilinishiga izoh berildi

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Prezident maktabi bitiruvchilari davlat OTMlariga imtihonsiz, grant asosida qabul qilinadigan bo‘ldi. Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova shu masalada izoh berdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Bu borada juda ko‘p ish olib borildi. Sababi, Prezident maktabining har bir bitiruvchisi xalqaro imtihon topshiradi. Prezident maktabini hozirga qadar bitirib chiqqan o‘quvchilar xalqaro (International Advanced Levels) A-LEVEL sertifikatiga ega.

Bu yil bizning 4ta Prezident maktablari Cambridge akkreditatsiyasidan o‘tdi. Bu degani xalqaro maqomga ega bo‘ldik. Boshqa davlatlarda ushbu sertifikatga ega bitiruvchilar bir qancha xorijiy universitetlarga qabul qilinadi. Prezident maktabi bitiruvchilari shu A-LEVEL sertifikatiga ega bo‘lgani sababli ham bizning davlat universitetlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi. Sababi, ular xalqaro imtihondan o‘tib bo‘ldi», – dedi Hilola Umarova 23 iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Uning aytishicha, sertifikatga ega bo‘lishdan tashqari, Prezident maktabining har bir o‘quvchisi sinfdan sinfga o‘tish uchun ham MOCK imtihonlari topshirishadi. Bu doimiy ravishda monitoring qilib boriladi.

Top