09:38 / 23.07.2021
2217

Surxondaryoda haydovchining pulini o‘g‘irlagan yo‘lovchiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida haydovchining pulini o‘g‘irlagan yo‘lovchiga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 14 iyul kuni Oltinsoy tumani Olmazor mahallasida yashovchi, A.Sherzod viloyat IIBga 102 orqali murojaat qilgan. U o‘z murojaatida, o‘ziga tegishli bo‘lgan «Neksiya-1» mashinasida Toshkentdan Denovga qaytib kelayotganida yo‘lda, mashina bardachogida turgan, 3,5 million so‘m pullarini o‘g‘irlatib qo‘yganini ma'lum qilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni o‘sha kuni A.Sherzodning mashinasida yo‘lovchi sifatida kelgan, Denov tumani Bog‘ieram mahallasida yashovchi, Yu.Og‘abek sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan.

Qayd etilishicha, joriy yil 16 iyul kuni Yu.Og‘abekka nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top