15:11 / 26.07.2021
7284

Hindistonda tosh ko‘chishi oqibatida o‘nga yaqin inson halok bo‘ldi

Ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar 11 kishidan iborat turistlar guruhi bo‘lgan.

Hindistonning tog‘li hududida tosh ko‘chishi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Tribune India nashri xabar bermoqda.

"Kinnaur rayonidagi Batsar maskani yaqinida xarsangtoshlar qulashi natijasida kamida to‘qqiz nafar turist halok bo‘ldi", — deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, qurbonlar Sangladan Chitko‘lga ketayotgan 11 kishidan iborat turistlar guruhi bo‘lgan.

Tosh ko‘chishi oqibatida Baspa daryosidagi ko‘prik vayron bo‘lgan. Xabar qilinishicha, ko‘chki davom etishi qutqaruv ishlariga xalal bermoqda.

Mavzu
Iqlim o‘zgarishlari
Iqlim o‘zgarishlari natijasida Yer yuzining turli nuqtalarida ekstremal ob-havo kuzatilmoqda.
Barchasi
Top