09:00 / 28.07.2021
6999
Reklama

Mobiuz texnik rivojlanishning tafsilotlari bilan bo‘lishdi 

Foto: Mobiuz

Mobiuz 2021 yilning birinchi yarim yilligida respublika bo‘yicha 850 tadan ortiq yangi va takomillashtirilgan baza stansiyalarini ishga tushirdi.

Mobiuz 2019-2021 yillardagi Rivojlanish konsepsiyasiga muvofiq, kompaniya aholi punktlarini to‘rtinchi avlod aloqasi bilan imkon boricha kengroq qamrab olishni maqsad qilib olgan. Shu munosabat bilan bu yilning olti oyi davomida mobil operator 4G LTE tarmog‘ini kengaytirish, yangi stansiyalarini (BS) o‘rnatish va amaldagilarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatini davom ettirdi, chunki signalning sifati ularning soni, bir-biridan uzoqligi va quvvatlariga bog‘liq.

Birinchi yarim yillikdagi baza stansiyalarining respublika bo‘yicha refarmingi, Mobiuz yirik loyihasi bo‘ldi. Kompaniya qisqa muddatlar ichida – yanvar–mart oylarida – bo‘sh GSM chastotalarini 4G LTE ehtiyojlari uchun qayta taqsimladi va buning uchun 700 tadan ortiq baza stansiyalarini qayta jihozladi. Natijada, avvallari 3G/2G signallari bo‘lgan eng chekka aholi punktlari va tumanlarida ham Mobiuzdan to‘rtinchi avlod aloqasi paydo bo‘ldi.

Baza stansiyalarini joylashtirish uchun sayt-maydonchalarni ishga tushirish bo‘yicha ishlar ham davom ettirildi. Respublikadagi 66 nuqtada, mutlaqo ko‘p qismi shahar va tumanlarda 4G LTE sig‘imni oshirish uchun ham xizmat qiladigan, yangi Mobiuz texnik obektlari paydo bo‘ldi.

Baza stansiyalarini takomillashtirish va qurish bo‘yicha barcha ishlarda tarmoq infratuzilmasini rivojlantirish ham amalga oshirildi. Xususan, ko‘p miqdordagi ma'lumotlar uzatish trafikini o‘tkazish uchun tarmoqni, kanallar (CS) va to‘plamlar kommutatsiyasini (PS) kengaytirilishi haqida so‘z bormoqda.

Bu yilning o‘tgan davri mobaynida Mobiuz Texnik blokining jamoasi 60 tadan ortiq baza stansiyalarida LTE Advanced (4G+) texnologiyasini muvaffaqiyatli ishga tushirdi. U bir vaqtning o‘zida bir nechta chastotalardan foydalanish hisobiga mobil Internet tezligini oshirish, qamrov va ulanish barqarorligini yaxshilashga imkon beradi. LTE Advanced tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Mobiuz kompaniyasining birinchi yarim yillikdagi eng yirik loyihalaridan biri – O‘zbekistonda eSIM texnologiyasini ishga tushirish bo‘ldi. Texnologiya Mobiuz Axborot texnologiyalari departamenti tomonidan muvaffaqiyatli texnik amalga oshirilganligi tufayli, kompaniya mamlakatda eSIM xizmatini taqdim qiladigan birinchi va yagona mobil operator bo‘ldi. Hozirgi paytda mutaxassislar xizmatni yanada takomillashtirish ustida ish olib borishmoqda.

2021 yilning ikkinchi yarim yilligida Mobiuz tomonidan yanada kattaroq hajmdagi ishlar rejalashtirilgan. Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan ajratilgan kredit doirasida taqdim etilayotgan Huawei kompaniyasining katta miqdordagi uskunalarining yetkazilishi kutilmoqda. Xususan, yilning oxirigacha respublika bo‘yicha 1 mingdan ortiq baza stansiyalarini ishga tushirish va takomillashtirish rejalashtirilgan. 

Bundan tashqari, kompaniya mobil Internet sifatini yanada oshiradigan bir qator yechimlarni tayyorlamoqda. Chunki Mobiuz abonentlari tomonidan Internet-trafikdan foydalanish keskin o‘sib borayotgan sharoitda, texnik rivojlanishning o‘sish sur'atlari yuqori bo‘lishi tamoyiliga amal qilish muhimdir. Aynan shu mobil operatorning 2021 yilning ikkinchi yarimi va kelajakdagi texnik rivojlanishining asosiy tamoyilidir. 

Mobiuz yangiliklaridan xabardor bo‘lish va eng dolzarb ma'lumotlarni birinchilardan bo‘lib olish uchun kompaniyaning rasmiy Telegram-kanaliga obuna bo‘lish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top