21:45 / 28.07.2021
10843

Olimlar iqlim bilan bog‘liq vaziyat o‘ta og‘ir ekanini aytishdi

7ta davlat olimlari oxirgi yil yuz bergan global iqlim o‘zgarishlarini baholab, vaziyat o‘ta og‘irligi haqidagi xulosaga kelishdi. Ularning bu haqdagi maqolalari BioScience nashrida chop etildi.

Foto: Getty Images

AQSh, Avstraliya, Britaniya, Fransiya, Niderlandiya, Bangladesh va Germaniya olimlaridan iborat xalqaro mutaxassislar guruhi “Iqlim o‘zgarishi haqidagi hisobot”ning yangi versiyasini taqdim qilishdi.

Unda ta'kidlanishicha, 2020 yilda 2019 yilga nisbatan iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlar, jumladan vayronkor toshqinlar, rekord darajadagi issiq harorat, kuchli dovullar va o‘rmon yong‘inlari soni misli ko‘rilmagan ko‘p darajada oshgan.

2021 yil aprelida atmosferadagi karbonat angidrid miqdori bir millionga 416 qismni, ya'ni bir kubmetrga 416 mlnni tashkil qilgan. Bu esa kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha oylik ko‘rsatkich hisoblanadi. 

“Biz sayyoramiz tizimining marjonqoyalar, Amazonka o‘rmonlari, G‘arbiy Antarktika va Grenlandiya muz qalqonlari kabi muhim elementlarida kritik nuqtalarga yaqinlashayotganimiz yoki undan o‘tib ketganimizning tobora ko‘proq isbotlari namoyon bo‘lmoqda”, deb aytgan maqola yetakchi muallifi, ekologiya professori Uilyam Rippl.

Olimlar issiqxona gazlarining, ayniqsa metanning atmosferaga chiqarilishi hajmini keskin qisqartirishga, uglerodni saqlash uchun strategik zaxiralarni yaratishga, ugleroddan foydalanganlik uchun to‘lov kiritishga, biologik turfa xillikni muhofaza qilishga chaqirishmoqda.

Ular iqlim ko‘rsatkichlarining yil sayin tobora yomonlashib borayotganini insoniyat Yerdan shafqatsizlarcha foydalanishni davom ettirayotgani bilan bog‘lashmoqda.

Top