12:11 / 28.07.2021
9368

Test uchun to‘lov qilish muddati uzaytirildi. Ammo barcha uchun emas

Test uchun to‘lov qilish muddati bugun soat 18:00 ga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Davlat qabul komissiyasining 2-son bayoniga ko‘ra kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birga majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovi orqali bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga bir ish kuni ichida tegishli to‘lovni amalga oshirishga ruxsat berildi.

Bunda mazkur toifadagi abituriyentlar bugun, 28 iyul kuni 18:00 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

To‘lov muddati faqat ijodiy imtihoni bor yo‘nalishga topshirganlar uchun uzaytirildi. 5ta fandan test topshiriladigan yo‘nalishlarga ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lovni amalga oshirishga ulgurmaganlar uchun to‘lov muddati uzaytirilmadi.
 
“Demak, bugun oxirgi kun, imkoniyatdan unumli foydalangan holda to‘lovni amalga oshirmaganlar tezroq to‘lov qilishlari tavsiya etiladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Top