17:24 / 09.08.2021
20957

Lukashenko Qrimni Rossiyaniki deb tan olishi uchun shartini aytdi

Foto: RIA Novosti

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko «Belarus 1» telekanali efirida qachon Qrim va Sevastopolni Rossiyaga tegishli deb tan olishini aytdi. 

U bu masalada ko‘p marta savol bergan jurnalist Vladimir Solovevni eslab o‘tdi.

«Unga omma oldida aytaman: qachonki Rossiyadagi eng oxirgi oligarx Qrimni tan olsa va u yerga o‘z mahsulotini yetkazib berishni boshlasa, men ham tan olaman», – dedi Lukashenko.

2014 yil martida Qrimda referendum o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra yarimorol Rossiyaning hududiy qismiga, Sevastopol esa federal ahamiyatdagi shahriga aylangan. Bu referendum natijalarini Ukraina va xalqaro jamoatchilik tan olmaydi.

Mavzuga oid
Top